20.03.2024. Navro`z bayrami munosabati bilan Termiz xalqaro aeroporti ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi faollarining qarori bilan erkaklar oʻrtasida oʻtkaziladigan stol tennisi musobaqalari odatdagidan farqli ravishda, ushbu sport turi bo‘yicha musobaqalarda faol ishirok etib, sovrinli oʻrinlarni egallagan, yoshlarga stol tennisi boʻyicha murabbiylik qilgan va  aeroportda koʻp yillar faoliyat yuritgan Abdullayev Botirxon Raxmatovich xotirasiga bagʻishlandi. Stol tennisi oʻyinlari natijalari boʻyicha taqdim etiladigan sovgʻalar marhumning oila aʼzolariga topshirildi. Aeroporti ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o’rtasida shu kabi xotira turnirlari o’tkazib borishga kelishib olindi.

Print Friendly, PDF & Email