Joriy yilning 19-21 may kunlari UAT aviakorxonasi kasaba uyushma qo`mitasi tomonidan «Qizil-suv» dam olish maskanida mehnat muhofazasi bo`yicha seminar hamda spartakiada o`tkazildi. Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha seminarda UAT aviakorxonasidan sex qo`mitalari raislari, kasaba uyushma faollari, korxona ma’muriyati vakillari va mehnatni muhofaza qilish bo’yicha komissarlar ishtirok etishgan bo`lsa taklif etilgan lektor mehmonlardan O’zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mehnat muhofazasi bo’yicha bosh mutaxassisi Umarov G’ayrat Xalikulovich va «Labour Sistems» ma`suliyati cheklangan jamiyati laboratoriya mudiri Feofanov Vladimir Nikolayevich ham ishtirok etdilar. Seminar davomida ko’plab dolzarb mavzular ko’rib chiqildi. «Mehnatni muhofaza qilish – xodimning huquqi» mavzusida viktorina o’tkazildi. Komissarlarning uchta jamoasi o’rtasida xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish bo’yicha tanlov o’tkazildi. Tanlov nafaqat ma’lum bir mavzu bo’yicha bilim darajasini, balki uning ishtirokchilarining iste’dodlari va g’ayratini ham namoyish etib,yuqori darajada o’tdi.

Sport musobaqalarida korxona xodimlari, ayollar va yoshlar faol ishtirok etishdi. Tanlov va seminar yakunida barcha ishtirokchilar sport jamoalariga qo’shilib ular ham faol ishtirok etdilar. Har bir sport turi bo`yicha g`olib va sovrindorlar esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi.

  Atrofdagi sokin tabiat, ajoyib ob-havo, do’stona muhitda zavod jamoasi birgalikda maroqli hordiq chiqarishdi. Barcha ishtirokchilar ko’plab quvonchli xotiralar va yorqin taassurotlar ila qaytib, yangi ish haftasini yangi energiya va yangi kuch bilan boshlashi shubhasiz, albatta!

Print Friendly, PDF & Email