23.10.2023. Bayram tadbiriga, ushbu korxonada ko‘p yillardan beri mehnat qilib kelayotgan faxriylar, yosh mutaxassislar, soha xodimlari shoir va jurnalistlar, prokuratura xodimlari va keng jamoatchilik tashrif buyurdi.    Tadbirga yig‘ilganlar birin-ketin so‘zga chiqib Ona tilimizning qadri va ahamiyati haqida mazmunli ma’ruzalar o‘qishdi. Tadbirga taklif etilganlardan O’zbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rais o’rinbosari Abdunabi Abduvaliyev, Toshkent aviatsiya transport prokurori Sherzod Mamajonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari, shoir G‘ayrat Majid, Yozuvchilar uyushmasi raisining maslahatchisi, shoir va jurnalist Salim Ashur, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi muassisligidagi “Kuch – adolatda” gazetasi bosh muharriri, taniqli jurnalist Shodiqul Hamro o‘zlarining dil so‘zlarini izhor etishdi. Bayram tadbiri kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi, sherlar yangradi. Go‘zal raqslar yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.   Taklif etilgan mehmonlarga esdalik sovg’alarini RK rais o’rinbosari Abdunabi Abduvaliyev topshirdi.

Print Friendly, PDF & Email