2024 yil 27 mart kuni “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatida 2023 yilda  jamoa shartnomasi bajarilishi, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mehnat jamoasi va kasaba uyushma konferensiyalari bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada jamiyat maʼmuriyati, xizmatlar va bo‘lim boshliqlari qatnashdilar. Shuningdek, O‘zbekiston aviaxodimlar kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Nazirov Ulug‘bek Azizovich hamda O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasi matbuot xizmati rahbari O‘rmonbekova Muhabbat Davronbekovna ishtirok etishdi.

Mehnat jamoasi konferensiyasida 2023 yilda jamoa shartnomasi ijrosi bo’yicha ish beruvchi tomonidan Ijtimoiy siyosat bo‘limi rahbari  Narmatov Alisher Sobitovich va jamiyat kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Nosirov Murod Abdusamadovich hisobot berdi. Konferensiyada qatnashgan barcha kasaba uyushma aʼzolari ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 2023-yilda jamoa shartnomasini bajarilishi hamda kasaba uyushmasining 2023 yil yakunlari bo‘yicha faoliyatini “qoniqarli” deb baholadilar.

Print Friendly, PDF & Email