12.12.2023y. Joriy yilning 8-10 dekabr kunlari Davlat dasturida belgilangan ziyorat turizmi hamda 2023 yil uchun mo’ljallangan ish rejaga muvofiq, O’zbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmasi RK tomonidan ziyorat turizmi doirasida Qozog‘iston Respublikasida joylashgan Turkiston shahriga sayoxat tashkil etildi. Sayoxatda KUQ raislari, rais o‘rinbosarlari, hisobchilari, kasaba uyushma faollari ishtirok etishdi. Sayoxat Ukkosh ota ziyoratgohidan boshlanib, Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasida katta taassurotlar bilan yakunlandi. Ishtirokchilar mazkur ziyoratdan mamnun ekanliklarini bildirib, tashkilotchilarga samimiy minnatdorchilik bildirishdi.

Print Friendly, PDF & Email