07.03.2024. Islom Karimov nomidagi Toshkent  xalqaro aeroporti kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan «8-mart – Xalqaro xotin-qizlar» bayramiga bag`ishlab, joriy yilning 7-mart sanasida shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Ushbu bayram musobaqasida Islom Karimov nomidagi Toshkent  xalqaro aeroportining jami 9 nafar ayol xodimlari ishtirok etdi. Musobaqa juda qizg‘in va kurashlarga boy o‘tdi. Shashka musobaqasi yakunida barcha g‘oliblar va ishtirokchilar aeroport kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email