07.03.2024. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan «8-mart – Xalqaro xotin-qizlar» bayramiga bag`ishlab, joriy yilning 7-mart sanasida shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Ushbu bayram musobaqasida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining jami 9 nafar ayol xodimlari ishtirok etdi. Musobaqa juda qizg‘in va kurashlarga boy o‘tdi. Shashka musobaqasi yakunida barcha g‘oliblar va ishtirokchilar aeroport kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
