O`zbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tizimidagi boshlang`ich kasaba uyushma tashkilotlarida ish rejalariga asosan, hamda Qurbon hayiti munosabati bilan iyun oyi oxiri va iyul oyining 10 kunligida bir qator tadbirlar o`tkazildi.

Termiz xalqaro aeroporti kasaba uyushma qo‘mitasi aeroport ma’muriyati va Yoshlar ittifoqi aʼzolari hamkorligida tashkilotda faoliyat yuritib kelayotgan, oilasida nogiron hamda ijtimoiy yordamga muhtoj yaqinlari bor xodimlar va mehnat faxriylari xonadonlariga tashrif tashkillashtirildi. Termiz shahri va Termiz tumanidagi 10 ta xonadon holidan xabar olinib, ularga 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat saxovat savatlari topshirildi.

Navoiy xalqaro aeroporti kasaba uyushma qo`mitasi va aeroport ma`muriyati bilan hamkorlikda Qurbon hayiti munosabati bilan jamiyatda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarga bayram dasturxoni yozilib, sevimli milliy taomimiz osh tarqatildi.

Nukus xalqaro aeroporti kasaba uyushma qo`mitasi tomonidan bayram munosabati bilan aeroport hodimlari va nafaqadagi nuroniylari uchun Turkistonga turistik sayoxat tashkil etildi. Sayoxat davomida buyuk allomalarimizdan Xo`ja Axmad Yassaviy maqbarasi va boshqa diqqatga sazovor joylar ziyorat qilindi. Sayoxat barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.

Respublika Kengashi qaroriga asosan, iyun-iyul oylarida «Eng na`munali boshlang`ich tashkilot» ko`rik-tanlovining birinchi bosqichi boshlang`ich kasaba uyushma tashkilotlarda o`tkazilib kelinmoqda. Ko`rik-tanlov respublikadagi barcha boshlang`ich tashkilotlarda yuqori saviyada o`tkazilmoqda. Avgust oyida ikkinchi bosqichi Respublika Kengashi tomonidan o`tkazilishi belgilangan. Natijalari to`g`risida albatta xabardor qilamiz!

Print Friendly, PDF & Email