Tasdiqlangan jadvalga muvofiq aviatsiya tizimidagi barcha boshlang’ich tashkilotlarda mehnat jamoasi hamda kasaba uyushmasi konferensiyalari belgilangan tartibda sifatli o`tkazib oldi. Konferensiyalarda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Aviatsiya hodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashlaridan mas’ul vakillar qatnashdi. Hisobotlar tinglandi. Ushbu yilda amalga oshiriladigan ishlar muhokamasi bo’lib o’tdi. Mehnat jamoasi kelishuviga o`zgartirishlar kiritildi. Jamoa shartnomalari ijrosi bo`yicha muzokaralar o’tkazildi. Daromadlar va xarajatlar smetasi tasdiqlandi. Konferensiyada qatnashgan yuqori kasaba uyushma organi vakillari boshlang’ich tashkilot kasaba uyushma qo’mitasi va jamoa shartnomasi ijrosi bo’yicha bajarilgan ishlarni qoniqarli baholadi. Qatnashchilardan tushgan savol va takliflarga o`z munosabatlarini bildirib, doimiy ravishda jamoatchilik ishlarida faollikka chaqirdilar.

Print Friendly, PDF & Email