I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti kasaba uyushmasi qo`mitasi  tomonidan «8-mart-Xalqaro xotin-qizlar» bayramiga bir qator tadbirlar tashkillashtirildi. Jumladan mehnat jamoalarida o`z kasbining fidoyilari bo`lgan ilg`or 20 nafar xotin-qizlarni  bayram munosabati bilan  pul mukofotlarii bilan rag`batlantirildi, qolaversa bayram munosabati bilan ayollar uchun O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Yulduz Usmonova konsert dasturiga 500 dona chipta xarid qilindi. Joriy yilning 03 – mart sanasida esa Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag`ishlab shashka bo`yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqa juda qizg`in va kurashlarga boy o`tdi. Shashka musobaqasi yakunida barcha ishtirokchilar kasaba uyushmasi qo`mitasi tomonidan sovg`alar  bilan taqdirlandilar.

Qarshi xalqaro aeroportida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʼishlangan tantanali bayram tadbiri boʼlib oʼtdi. Unda soʼz olganlar hayotimizning fayzi va koʼrki boʼlgan ayollarni eʼzozlash, ularga hurmat hamda ehtirom koʼrsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan hisoblanishini, korxonaning rivojida bu yerda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning benihoya katta hissasi borligini alohida qayd etdilar. Tadbirda jamiyat xotin-qizlari va faxriy ayollarga esdalik sovgʼalari topshirildi.

Urganch xalqaro aeroportida bayram munosabati bilan xotin-qizlar o`rtasida stol tennis va shashka-shaxmat sport turlari bo`yicha turnir o`rtazildi. Murosasiz bahslar barchada yorqin taassurot qoldirdi. Turnir yakunlariga ko`ra nafaqat g`olib va sovrindorlar balki barcha ishtirokchilarga esdalik sovg`alari topshirildi.

Z.M. Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroportida bayram munosabati bilan o`tkazilgan tadbirda aeroport kasaba uyushmasi tomonidan barcha ayollarga bayram sovg`alari va guldastalar tarqatildi. Ularning fidokorona mehnatlari e`tirof etilib, aviatsiya tizimiga qo`shayotgan ulkan hissalari uchun minnatdorchilik bildirildi. Tadbirdan so`nh barcha ayollar bayram dasturxoniga taklif etildi.

Nukus xalqaro aeroportida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan uyushtirilgan bayram kechasiga OTM teatr jamoasi tashrif buyurib, o’zlarining konsert dasturini namoyish qildi. Shuningdek, sana munosabati bilan aeroportning bir qator faol xotin-qizlariga esdalik sovg’alari, maqtov yorliqlari topshirildi. Sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va jozibador raqslar bayram tantanasiga o‘zgacha zavq baxsh etdi.

Bayram munosabati bilan Fargʼona xalqaro aeroportida aeroport kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda jamoaning fayzi va koʼrki boʼlgan xotin-qizlar uchun tadbir uyushtirildi. Tadbir quvnoq konkurslar, musiqiy guldastalar va jamoa yigitlari tomonidan takrorlanmas tabriklar bilan davom etdi, tadbir soʼngida barcha xotin-qizlar uchun kasaba uyushmasi raisi I.Maxmudov tomonidan esdalik sovgʼalari taqdim etildi.

Termiz xalqaro aeroporti direktori Sh.R.Kabilov, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D.A.Sayitov va Yoshlar ittifoqi yetakchisi Z.E.Saparovlar tomonidan bayram arafasidagi reyslarda uchishni rejalashtirgan munis ayollarni hamda aeroportda faoliyat olib borayotgan ayol-qizlarni go‘zallik va nafosat bayrami bilan tabriklashdi. Aeroportning barcha ayollariga kasaba uyushmasi tomonidan gullar taqdim etilib, bayram dasturxoni tashkil etildi. 

Navoiy xalqaro aeroportida 8-mart bayrami munosabati bilan kasaba uyushmasi  homiyligida va aeroport xotin-qizlari qo’mitasi bilan hamkorlikda xotin-qizlar o`rtasida shaxmat-shashka, obruch aylantirish hamda arqon sakrash sport musobaqalari tashkil qilindi. Barcha ishtirokchilar esdalik sovg`alari, musobaqa g`oliblari qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi.

O`zaeronavigatsiya markazi kasaba uyushma qo`mitasi tomonidan bayram munosabati bilan korxona tarkibiga kiruvchi respublikadagi barcha bo`limlari xotin-qizlari o`rtasida shashka-shaxmat bo`yicha turnirlar o`rtazildi. Final bosqichiga chiqqan barcha ishtirokchilar onlayn tarzda bellashishdi. Murosasiz kechgan baxslarda birinchi o`rinni Qarshi bo`limi, ikkinchi o`rinni Urganch bo`limi va uchinchi o`rinni Termiz bo`limi xodimalari qo`lga kiritdi. G`olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi.

Ayollarimizga doimo yuksak ishonch bildirgan muhtaram yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan O`zaeronavigatsiya markazi hodimasi Vasilyeva Tatyana Aleksandrovnaning mehnatlarini munosib baholab «Do`stlik» ordeni bilan taqdirlangani alohida ahamiyat kasb etadiki, bunday rag`bat va e`tirof aviatsiya tizimida mehnat qilayotgan ayollarga ulkan ishonch va bemisl shijoat baxsh etadi. Ana shunday yutuqlarimiz bardavom bo`lsin!

Print Friendly, PDF & Email