“Termiz xalqaro aeroporti” MCHJda soʻz mulkining sultoni, ulugʻ mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi hamda shoh va shoir, muarrix, musiqashunos Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligi munosabati bilan »Ikki buyuk siymo» nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni aeroporti kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D.Sayitov, aeroport yoshlar yetakchisi N.Davlatov hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar masʼuli Sh.Xushvaktovalar tomonidan tashkil etildi. Tadbirni Tеrmiz xalqaro aeroporti dirеktori Sh.R.Kabilov ochib bеrdi. Tadbirga taklif etilgan mеhmon I.A.Karimov nomli Toshkеnt davlat tеxnika univеrsitеti Tеrmiz filiali ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi N.N.Xudoyorova soʻzga chiqib, buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, boy madaniy merosi va ularning bugungi kundagi qadr-qimmati xususida atroflicha fikr yuritdi. Bu ikki buyuk  siymoning asarlari dunyo xalqlarining bebaho maʼnaviy merosiga aylanganini alohida qayd etdi va Alisher Navoiy hamda Bobur gʻazallaridan namunalar oʻqidi. So`ngra tadbir ishtirokchilari o`rtasida g’azalxonlik kechasi tashkil etildi. Tadbir soʻngida aeroport kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D.Sayitov tomonidan faol ishtirokchilarga faxriy yorliq, badiiy asarlar hamda esdalik sovgʻalari taqdim qilindi.    

Print Friendly, PDF & Email