Termiz xalqaro aeroporti maʼmuriyati va Kasaba qo‘mitasi tomonidan  “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan aeroport hududida faoliyat olib boruvchi 7257-sonli harbiy qism xodimlarini tabriklash va taqdirlash uchun tadbir tashkil etildi. Aeroport direktori va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi xarbiylarni tabriklab, yurt tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan mashaqqatli xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilashdi. O‘zining munosib mehnatlari bilan mehnatkashlar e‘tirofiga sazovor bo`lgan harbiy xizmatchilar kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email