2022-yil 14-yanvar kuni “Termiz xalqaro aeroporti” masʼuliyati cheklangan jamiyatida “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir aeroport rahbariyati, kasaba uyushma qoʻmitasi va aviatsiya xavfsizligi xizmati tomonidan tashkillashtirildi. Tadbirga aeroport hududida faoliyat olib boruvchi 7257-sonli harbiy qism xodimlari, bojxona xizmati xodimlari va ichki ishlar xodimlari taklif etildilar. Tadbirga harbiylarni tabriklash uchun Termiz tuman 3-maktabgacha taʼlim tashkilotining tarbiyalanuvchilari ham keldilar. Jajji harbiylar vatanimiz himoyachilari uchun sheʼrlar, tabrik soʻzlari va chiroyli raqslar taqdim etishdi. Oʻz navbatida, harbiylar ham bolajonlarga Vatanni sevish, vatanga xizmat qilish qanchalik sharafli ekanligi toʻgʻrisida soʻzlab berishdi. Vatanparvarlik ruhida tarbiya olayotgan bo`lajak vatan posbonlari bilan esdalik uchun rasmga tushishdi. Tadbir soʻngida mehmonlarga Aeroport kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan esdalik sovgʻalari taqdim etildi.                                            

Print Friendly, PDF & Email