“Termiz xalqaro aeroporti” MCHJda Jamoa shartnomasi bajarilishi boʻyicha Mehnat jamoasi konferensiyasi va Kasaba uyushmasining navbatdagi hisobot-konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiyada Oʻzbekiston aviaxodimlar kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining oʻrinbosari A.M. Abduvaliyev qatnashdi. Mehnat jamoasi konferensiyasida jamoa shartnomasining 2020-2021-yillarda bajarilishi boʻyicha aeroport direktori Sh.Kabilovning hisoboti va jamoa shartnomasi bajarilishining nazorati boʻyicha qoʻmita raisi D.Sayitovning axboroti eshitildi. Konferensiya davomida tashkilot mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi boʻyicha muhandisi Z.Beknazarovning bajarilgan ishlar boʻyicha hisoboti tinglandi.2020 va 2021-yilda jamoa shartnomasi bajarilishi boʻyicha ish beruvchi va kasaba qoʻmita faoliyatiga delegatlar tomonidan “qoniqarli” baho berildi. Kasaba uyushmasi qoʻmitasining navbatdagi hisobot-konferensiyasida qoʻmita raisi D.Sayitovning oʻtgan yil davomida bajarilgan ishlar boʻyicha hisoboti tinglandi. Nazorat-taftish komissiyasi raisi S.Xalmirzayeva 2021-yil davomida kasaba qoʻmitasi tomonidan sarflangan mablagʻlar boʻyicha axborot taqdim etdi. Kasaba qoʻmitasi buxgalteri S.Mamatkulov esa 2022-yil davomida rejalashtirilgan tadbirlarga sarf etilishi kutilayotgan mablagʻlar boʻyicha axborot berdi.

Kasaba uyushmasi qoʻmitasining 2021-yil davomidagi faoliyatiga delegatlar tomonidan bir ovozdan “qoniqarli” deb baho berildi.

Print Friendly, PDF & Email