01.04.2024. “Termiz xalqaro aeroporti” MCHJda Jamoa shartnomasi bajarilishi boʻyicha Mehnat jamoasi konferensiyasi va Kasaba uyushmasining navbatdagi hisobot-konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiyada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakili A.A.Abdullayev, O‘zbekiston aviaxodimlar kasaba uyushmasi Respublika kengashi vakili A.A.Yuldashev va Surxondaryo viloyati Kasaba uyushmasi vakili M.M.Anarboyev, aeroport rahbariyati, kasaba qo‘mitasi faollari va xodimlar ishtirok etdilar.

Mehnat jamoasi konferensiyasida jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi boʻyicha aeroport direktori Sh.Kabilovning hisoboti eshitildi.

Kasaba qoʻmitasi raisi D.Sayitov Jamoa shartnomasi bajarilishining nazorati boʻyicha va 2024-2026-yillar uchun qabul qilinishi lozim bo‘lgan yangi Jamoa shartnomasi to‘g‘risida axborot berdi.

Konferensiya davomida tashkilot mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi boʻyicha yetakchi muhandisi Z.Beknazarovning bajarilgan ishlar boʻyicha hisoboti hamda xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘ining Jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi bo‘yicha dalolatnomasi bo‘yicha ma’ruzasi tinglandi.

2023-yilda jamoa shartnomasi bajarilishi boʻyicha ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi faoliyatiga delegatlar tomonidan “qoniqarli” baho berildi va 2024-2026-yillar uchun yangi Jamoa shartnomasi qabul qilinishi ma’qullandi.

Kasaba uyushmasi qoʻmitasining navbatdagi hisobot-konferensiyasida qoʻmita raisi D.Sayitovning oʻtgan yil davomida bajarilgan ishlar boʻyicha hisoboti tinglandi.

Nazorat-taftish qoʻmitasi raisi S.Xalmirzayeva 2023-yil davomida kasaba qoʻmitasi tomonidan sarflangan mablagʻlar boʻyicha, Kasaba uyushmasi qoʻmitasi buxgalteri S.Mamatkulov esa 2024-yil davomida rejalashtirilgan tadbirlarga sarf etilishi kutilayotgan mablagʻlar boʻyicha axborotlarni taqdim etdilar.

Kasaba uyushmasi qoʻmitasining 2023-yil davomidagi faoliyatiga delegatlar tomonidan bir ovozdan “qoniqarli” deb baho berildi.

Print Friendly, PDF & Email