Joriy yilning 19-mart sanasida “Buxoro xalqaro aeroporti” mas’uliyati cheklangan jamiyati va aeroport kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-13-son (Navro‘z bayramini nishonlash) hamda “Uzbekistan Airports” AJning 2024-yil 11-martdagi 96-sonli (xayriya hashari) buyrug’lari ijrosini ta’minlash maqsadida, 15 dan ziyod uy-ro’zg’or mahsulotlaridan iborat to’plamlar saxovat qilishga tayyorlandi.   Fuqarolik aviatsiyasi va Buxoro xalqaro aeroportida uzoq yillar samarali mehnat qilgan nafaqadagi  ehtiyojmand faxriylar holidan xabar olinib, uy ro‘zg‘or to‘plami sovg‘a qilindi. Ular bilan suhbatlashib, zaruriy ehtiyojlari to‘g‘risida suhbatlashildi. Ba’zilarining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashildi.  Shuningdek, Navro’z bayramini yuqori saviyada nishonlash va bayram tadbirlarini esda qolarli tarzda o’tkazish uchun kasaba uyushmasi raisi hamda ma’muriyati tomonidan aeroport xodimlari uchun milliy halim taomi tayyorlanib, ularga ulashildi va Navro‘z bayrami bilan muborakbod etildi.

Print Friendly, PDF & Email