13.03.2024. Samarqand xalqaro aeroportida jamoa shartnomasi bandlarining 2023-yilda bajarilish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda Aeroport rahbariyati, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Bosh mehnat texnik inspektori Dusmurod Tuychiyev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Samarqand viloyat kengashi raisi birinchi o‘rinbosari Akbar Abdusaidov ishtirok etdi.

Tasdiqlangan kun tartibi bo‘yicha aeroport rahbari va boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti raislari jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi yuzasidan tashkilot hisobotini yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng jamoa shartnomasini nazorat qiluvchi komissiya raisi jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi bo‘yicha tayyorlangan dalolartnomani ishtirokchilarga o‘qib eshittirdi. Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarda barcha tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalardan so‘ng jamoa shartnomasining 2023 yildagi ijrosi namunali deb baholandi hamda kun tartibidagi mazkur masala yuzasidan tayyorlangan qaror loyihasi qabul qilindi.

Print Friendly, PDF & Email