Biz hayotimiz davomida ko‘plab bayramlarni nishonlaymiz. Ularning orasida mart Xalqaro xotin-qizlar kuni alohida o‘rin tutadi. Ushbu bahor bayrami ko‘ngillarga go‘zallik va quvonch, bahoriy kayfiyat baxsh etib, hurmatli onalarimiz, opa-singillar, qizlarimiz sha’niga eng ezgu tilaklar bildirish uchun yana bir ajoyib imkoniyat yaratadi.

          O‘zgidrometda o‘tkazilgan tadbir ham ana shu bahor bayramiga bag‘ishlandi. Tadbirda xotin-qizlarga O‘zgidromet rahbariyati tomonidan iliq tilaklar bildirildi, ushbu kunni nishonlash tarixi, an’analari eslandi. “Ayol borki olam munavvar” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Mavzuga oid chiqishlar qilindi, tanlov g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi.🌷🌹🌺💐

Print Friendly, PDF & Email