Joriy yilning 28-mart kuni tasdiqlangan jadvalga asosan “O‘zgidromet” Agentligida kasaba uyushmasi va mehnat jamoasi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada “O‘zgidromet” Agentligi direktor maslahatchisi F.B.Safarov, O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi RK raisi U.A.Nazirov, “O‘zgidromet” Agentligi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Z.M.Aliyeva va agentlik mehnat jamoasi ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi masalalardan 2023 yilga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasi tadbirlarining bajarilishi, kasaba uyushma qo‘mitasining faoliyati yuzasidan hisobotlar tinglandi. 2024 yil uchun kasaba uyushma qo‘mitasi byudjeti smetasini tasdiqlash bo‘yicha muhokama qilindi. O‘zgidromet KUQ taftish komissiyasining hisoboti tinglandi.

Konferensiya ishlari do‘stona ruhda o‘tdi. Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

 Konferensiyada qatnashgan barcha kasaba uyushma aʼzolari ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 2023-yilda jamoa shartnomasini bajarilishi hamda kasaba uyushmasining 2023 yil yakunlari bo‘yicha faoliyatini “qoniqarli” deb baholadilar.

Print Friendly, PDF & Email