Joriy yilning 07 – dekabr  kuni «Islom Karimov nomidagi Toshkent  xalqaro aeroporti» MCHJ kasaba uyushmasi qo`mitasi  tomonidan xodimlar o`rtasida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-yilligi”ga bag`ishlab shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

  Ushbu musobaqada aeroportning jami 12 nafar xodimlari ishtirok etdi. Musobaqa juda qizg’in kurashlarga boy o’tdi. Shaxmat musobaqasi yakunida barcha g’oliblar «I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» MCHJ kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. So’ngra barcha tadbir ishtirokchilari va tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik aytilib, bayram tabrigi o’qib eshittirildi.

Print Friendly, PDF & Email