09.03.2024. O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari xodimalarini RK binosida bayram bilan tantanali ravishda qutlab, mukofot pullari va guldastalar bilan taqdirladi. Barcha apparat xodimlari maftunkor ayollarimizni bayram bilan tabriklashdi. Ular uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. Bayram dasturxoni atrofida RK rais o‘rinbosari A.Abduvaliyev kasaba uyushmalarining fidoyi, jonkuyar xodimalarini shunday e’tirof etdi. A.Abduvaliyev o‘z so‘zida aytdiki:

“Bugun bayram arafasida sizlarga baʼzi mulohazalarimni yetkazishni lozim topdim.

2023 yil yakuni bo‘yicha ayol kasaba uyushma aʼzolari O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi aʼzolarining 30 % tashkil etar ekan. 

O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi tarkibidagi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mita ayol  raislari umumiy raislarning 40 % dan ortig‘ini tashkil etadi:

  1. Kuchkarova A.K. –  “Z.M. Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroporti” MCHJ KUQ raisi.
  2. Kodirova G.T. –   “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ KUQ raisi.
  3. Aliyeva Z.M. – “O‘zgidromet” Agentligi KUQ raisi.
  4. Skopina L.S. – “UAT” MCHJ KUQ raisi.
  5. Madaliyeva F.A. – “Uzbekistan Airports Handling” MCHJ KUQ raisi.
  6. Ruzmetova Z.J. – “Ketring” MCHJ KUQ raisi.
  7. Djalalxanova M.K.  – “Uzbekistan  Helicopters” MCHJ KUQ raisi.
  8. Yeruslanova M.B.. – “Uzbekistan Airports Cargo” MCHJ KUQ raisi.
  9. Shokirova R.R. – “O‘quv mashq markazi” MCHJ KUQ raisi.
  10. Azimova M.T. – RT va AST markazi KUQ raisi.
  11. Yugay N.G – “O‘zaviatsiya” Agentligi KUQ raisi.
  12. Miraxmedova M.M. – “Meteoinfocom” DM KUQ raisi.

Xurmatli kasaba uyushma qo‘mita raislari Sizlar olib borayotgan faoliyatingiz, savob ishlaringiz uchun katta raxmat!

O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi tarkibidagi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mita ayol buxgalterlari esa 90% dan ortig‘ini tashkil etadi ( “Z.M. Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroporti” , «Urgench xalqaro aeroporti“ va «Termiz xalqaro aeroporti”   buxgalterlaridan  tashqari).

Shuning uchun,  boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari ayol buxgalterlarini mehnatini xam muhimligini taʼkidlamoqchiman.

O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi apparati xodimlarining 40% xam ayollardir.

Bu statistik maʼlumotlarni keltirishimdan  maqsad, O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi faoliyatida ayollarimiz juda xam muhim o‘rin tutishini taʼkidlamoqchiman.  Ular umrlarining eng fayzli qismini  kasaba uyushmalari faoliyatiga bag‘ishlashgan. 

Aksariyat ayollar kasaba uyushma faollarining olib borayotgan ishlaridan Respublika Kengashi rahbariyati,  ular faoliyat olib borayotgan tashkilotlar  raxbariyati va kasaba uyushma aʼzolari mamnundirlar.

Skopina L.S. – “UAT” MCHJ kasaba uyushma qo‘mitasi raisi O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasining eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi deb topilishi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida 3 –chi o‘rinni  egallashi va 2023 yil yakuni bo‘yicha Kuchkarova A.K. –  “Z.M. Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroporti” kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va  Yugay N.G – “O‘zaviatsiya” Agentligi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Respublika Kengashining “Tashakkurnoma”si va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi xam beʼjiz emasdir.

O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmalarini ayollarsiz tasavvur xam qila olmaymiz.

Xurmatli O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmalarining ayollari, sizlarni “8 – mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan chin qalbimdan tabriklayman. Sizlarga uzoq umr, baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy totuvlik tilayman.  Boringizga shukur.

O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmalari faoliyatida bundanda yuqori martabalarga erishishingizga tilakdoshman.”

Bu e’tirof va e’tibor ayollarimiz tomonidan qarsaklar va samimiy tabassum bilan olqishlandi.

Print Friendly, PDF & Email