18.12.2023y. “O‘zaeronavigatsiya” markazi mamuriyati va kasaba uyushma qo‘mitasining 2023-yil asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq, XIB ijtimoiy ishlar mutaxassisi va Yoshlar qo‘mitasi raisi ishtirokida, “O‘zaeronavigatsiya” markazi birinchiligi uchun stol tennisi bo‘yicha musobaqalarning final bosqichi o‘tkazildi. Finalda xududiy boʼlinmalarda o‘tkazilgan saralash musobaqalari g‘oliblari qatnashdi. Finalda 1-o‘rinni Xavo xarakatini avtomatik usulda boshqarish Toshkent markazi Toshkent xududiy bo‘limi (XB) smena muxandisi Gazetdinov Marat, 2-o‘rinni Buxoro XB aviadispetcheri Shukurov Samandar, 3-o‘rinni Termiz XB aloqa muxandisi Xasanov Shuxrat egalladi. G‘oliblar va barcha ishtirokchilar kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email