Kasaba uyushmasi – fuqarolarning mehnat faoliyati yoki oʻqish turi boʻyicha umumiy manfaatlar bogʻlab turadigan iхtiyoriy jamoatchilik birlashmasidir. Kasaba uyushmalari maqsadi – o’z a’zolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish va himoya qilishdan iborat.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunining belgilanishi, eng avvalo, kasaba uyushmalari tashkilotlarini ma’naviy qoʻllab-quvvatlash, ularning yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, tashkilot fidoyi хodimlarini rag’batlantirishga хizmat qiladi.

Ushbu maqsad va vazifalarni o’z burchi sifatida bajarib kelayotgan “O’zaeronavigatsiya” Markazi DUK kasaba uyushmalari kuni bayramini munosib tarzda nishonladi. Markazning kasab uyushma qo’mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirga markaz faxriylari va kasab uyushma faollari taklif etildi. Ularni bayram munosabati bilan tabriklab, kasab uyushmalari rivojiga qo’shgan ulkan xissalari uchun diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlashdi. Bayram dasturxoni tashkil etilib barcha mexmonlarga xush kayfiyat ulashildi. Markaz hodimlari ularni tashrifidan mamnun ekanliklarini va doimo e’zozda, sog’-salomat bo’lishlarini ta’kidlab, iliq tilaklar bilan kuzatib qo’yishdi.

Print Friendly, PDF & Email