Joriy yilning 27 aprel sanasida Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyatiga qarashli O`quv-mashq markazida mehnat jamoasining yig`ilishi va kasaba uyushma qo`mitasining konferensiyasi bo`lib o`tdi. Bo`lib o`tgan yig`ilishlarda jamoa shartnomasining bajarilishi bo`yicha xisobotlar tinglanib, 2023 yil uchun kasaba uyushma qo`mitasining xarajatlar smetasi tasdiqlandi. Yangi Mehnat Kodeksiga kiritilgan dolzarb yangiliklar bo`yicha ma`lumotlar bilan bo`lishildi.

Kasaba uyushma qo`mitasining konferensiyasida O`zbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o`rinbosari A.M.Abduvaliyev qatnashdi. Konferensiya ishi fikr-mulohazalar va takliflar bilan  samarali bo`lib o`tdi. Hodimlar o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Print Friendly, PDF & Email