2022 yilning 4 mart sanasida O’quv-mashg’ulot markazi MCHJda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan ayollar o`rtasida shaxmat va shashka bo’yicha sport musobaqasi bo’lib o’tdi. Musobaqa markaz ma’muriyati hamda kasaba uyushma qo’mitasi hamkorligida tashkil etildi. Yuqori kayfiyat va ko’tarinki ruxda o’tgan sport musobaqasi qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi. G’olib va qatnashchilarga kasaba uyushma qo’mitasi  tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi va bahorning birinchi unutilmas bayrami munosabati bilan samimiy tilaklar bildirildi.

Print Friendly, PDF & Email