2020 yilning 30 dekabr kuni “O`zaeronavigatsiya” markazi 30 yilligi munosabati bilan markazda videokonferens aloqa tarzida davra suhbati o`tkazildi. Davra suhbatida  «Uzbekistan Airways» AJ bo`lim boshliqlari, faxriy mehmonlar, Aviaxodimlar kasaba uyushmasi Respublika Kengashi vakillari, markaz hodimlari ishtirok etdi. Davra suhbatini Markaz rahbari A.H. Ashurov olib bordi. Markazning ko`p yillik mehnati samarasi, erishgan yutuqlari va muvaffaqiyatlari zamirida ishchi-hodimlarning ulkan xissasini e`tirof etib, ularga chuqur minnatdorchilik bildirdi. So`ngra, so`z navbatini Aviaxodimlar kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Sh.Z.Mingaliyevga berdi. Respublika Kengashi raisi markaz hodimlarini tabriklab, kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi va tabriknomani topshirdi. Markazning bir qator hodimlarini kasaba uyushmalariga bergan doimiy yordamlari uchun minnatdorchilik  xatlari va mukofot pullari bilan taqdirlab, markaz rahbariga esdalik sovg`asini topshirdi. Markaz rahbarining qaroriga asosan, markaz bilan teng faoliyat ko`rsatgan, 30 yillik mehnat faoliyatiga ega hodimlarga markazning ko`krak nishonlari va esdalik sovg`alari topshirildi.

Yangi yil arafasida barcha hodimlar qo`shaloq bayram shukuhida yuzlarida tabassum va qalblarida iliqlik bilan markaz rahbariga o`z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Biz ham Markazning kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar va yuksak muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Keyingi yubileylarda ko`rishguncha!

 

Print Friendly, PDF & Email