Aviatsiya xodimlari kasaba uyushma tizmidagi korxona  va  tashkilotlarda butun Respublika bo’ylab 18 noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosib nishonlandi.     

Bayram munosabati bilan “Termiz xalqaro aeroporti” MCHJda #bayrogʻim_gʻururim, Navoiy xalqaro aeroporti» MCHJ va “Andijon  xalqaro aeroporti” MCHJ hodimlari ishtirokida  «Muqaddasdir Vatan bayrogʻi» shiori ostida  chellenjlar oʻtkazildi.

Nukus xalqaro aeroporti MCHJ kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan bayram munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda  davlat madhiyasi sadolari ostida  davlat bayrog’iga munosib hurmat ko’rsatildi. Aeroport direktori millatimiz g’ururi bo’lgan bayrog’imizni munosib ta’riflab, barchani bayram bilan  qutladi.

Print Friendly, PDF & Email