Yurtimizda har yili “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” katta bayram va shodiyona bilan o‘tkaziladi. Ushbu munosabat bilan Nukus xalqaro aeroportida ham bayram tadbiri o‘tkazildi.

Dastlab aeroport direktori O.D. Bekbergenov tadbirga kelgan barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi. Yurtimizni himoya qilish barchamizni muqaddas burchimiz ekanligini taʼkidlab, yurtimiz himoyachilari bo‘lgan milliy armiyamiz va barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xalqimizning tinch va osoyishta hayotini taʼminlash uchun olib borayotgan mashaqqatli xizmatlarini munosib eʼtirof etdi va ularga zarur shart-sharoit yaratish masalalari davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanishini taʼkidladi.  

So‘ng Nukus xalqaro aeroportida hamjihatlikda ish olib borayotgan bir qator huquqni muhofaza qilish organlari hodimlariga aeroport rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘ mitasi R.Allaniyazov tomonidan bayram sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida Berdaq nomidagi milliy akademik teatri xonandalari tomonidan bayram ishtirokchilari uchun konsert dasturi taqdim etildi.

Print Friendly, PDF & Email