02.04.2024. Joriy yilning 29-mart sanasida “Nukus xalqaro aeroporti” mas’uliyati cheklangan jamiyatida kasaba uyushmasi va mehnat jamoasi konferensiyalari bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya ishlarida O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi  raisi maslahatchisi Sh.Z.Mingaliyev, aeroport direktori O.D.Bekbergenov, uning o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, kasaba uyushma faollari va mehnat jamoasi ishtirok etdilar.

Aeroport direktori va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi 2023 yilga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi ijrosi bajarilishi to‘g‘risida ma’ruza qildilar, jamoa shartnomasi bajarilishi bo‘yicha komissiya dalolatnomasini ko‘rib chiqdilar, 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini bir ovozdan ma’qulladilar va dalolatnomani tasdiqladilar.

Delegatlar va taklif etilganlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar bir ovozdan «qoniqarli» deb baholandi.

Konferensiya yakunida aeroport direktori konferensiya ishtirokchilariga 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Print Friendly, PDF & Email