Navoiy xalqaro aeroportida Navroʻz bayrami munosabati bilan bugun soat 10-00 da   mehmonxona majmuasida xotin-qizlar ishtirokida obruch aylantirish hamda arqon sakrash, erkaklar ishtirokida arqon tortish (6 kishi), tosh koʻtarish sport musobaqalari, hamda 12-00 da pochta va yuk majmuasi terminalida bayram dasturxoni va tadbirlari tashkil qilindi. Tadbirni milliy ruh va ko’tarinki kayfiyatdada o’tkazish maqsadida xizmatlar o’rtasida MILLIY TAOMLAR,  MILLIY KIYIMLAR va MILLIY O’YINLAR ( raqs, lapar, aytishuv, she’r, qo’shiq)  ko’rik tanlovlari bo’lib o’tdi. Ko’rik tanlovlarda va sport musobaqasida faxrli o`rinlarni qo`lga kiritgan aviaxodimlar tadbir tashkilotchisi hiosblaangan aeroport kasaba uyushma qo`mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Hush kayfiyatda o`tgan bayram tadbirlari barcha ishtirokchilarga iliq taassurotlar ulashdi.

Print Friendly, PDF & Email