Joriy yilning 26-yanvar kuni “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyatining bosh binosida  aviakompaniya tashkil topganligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Aviakompaniya rahbariyati barcha aviaxodimlarni bayram munosabati bilan tabrikladi. Alohida xizmat ko‘rsatganlarni “Aviakompaniya faxriysi”,  faxriy yorliqlari va tashakkurnomalar bilan taqdirladi.

O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o`rinbosari A.Abduvaliyev “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va xodimlarini “Uzbekistan Airports” AJ, “O‘zgidromet” Agentligi, “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK, “O‘zaviatsiya” Agentligi va  tizimdagi barcha tashkilotlar nomidan tabrikladi.

O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi yetakchi mutaxassisi Anufriyeva Lyudmila Ivanovna “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyatining Faxriy Yorlig‘i bilan mukofotlandi.

      O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi xam bayram munosabati bilan aviakompaniya faoliyatida va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan aviaxodimlarni taqdirladi:

O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Faxriy Yorlig‘i bilan:

  1. Solovyev V.N. – “UAT” MChJ aviatexnigi;
  2. Spesivtseva N.T. – “O‘quv mashq markazi” injeneri;
  3. Shalxarov K.U –  “Uzbekistan Helicopters” MChJ xaydovchisi.

O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Tashakkurnomasi  bilan :

1.Qayumova Y.A. – “Uzbekistan Airways” AJ ish yurituvchisi;

2.Muratov R.A. – “Uzbekistan Airways” AJ ishchisi;

3.Karimov A.A.   –  “Ketring” MChJ instruktori.

Taqdirlanib, kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, pul mukofotlari va guldastalar bilan taqdirlanishdi.

Bayram tadbiridan yorqin va iliq taassurotlar olgan aviaxodimlarni biz ham bayramga monand tilak bilan qutlaymiz: Parvozingiz baland va bexatar bo`lsin, aziz aviaxodimlar!

 

Print Friendly, PDF & Email