Shu kunlarda Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi butun respublikamiz bo’ylab koʼtarinki kayfiyatda nishonlanmoqda.

Ushbu sana munosabati bilan “Qarshi xalqaro aeroporti”MCHJ ma’muriyati hamda kasaba uyushmasi hamkorligida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. Unda Qarshi transport prokurori Bahrom Nazarov soʼzga chiqib, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish hamda aholi farovonligini yuksaltirish, yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning xalqaro maydondagi obroʼ- eʼtiborini oshirish, barcha sohalarda islohotlar izchilligiga erishishda, Bosh qomusimiz – asosiy mezon va huquqiy asos ekanligini alohida taʼkidladi.

Konstitutsiya shaxs, jamiyat va davlat oʼrtasidagi munosabatlarda oʼzaro huquq hamda majburiyatlar, ularning kafolatlarini aniq-ravshan belgilab berishi, Bosh qomusimiz erishgan barcha natijalarimiz, milliy qadriyatlarimiz bardavomligining mustahkam huquqiy poydevori ekani qayd etildi.

Print Friendly, PDF & Email