07.12.2023y. Har bir davlat davlat sifatida tanilar ekan avvalo uning qudrati Qonunlari bilan muhtashamdir.

Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2022 yil 20 iyunda Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda “Аsosiy qonunimizda “Oʼzbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyilni mustahkamlashni taklif etaman. Chunki “inson qadri” tushunchasi “ijtimoiy davlat” tushunchasi bilan chambarchas bogʼliqdir. Ushbu gʼoyaning tub negizida ham avvalo, inson qadrini ulugʼlash, insonga xizmat qilishdek olijanob maqsad mujassamdir”, deb taʼkidlagan edi.

Darhaqiqat, Yangi Oʼzbekiston sharoitida yangilangan Konstitutsiyamizning eng muhim jihatlari avvalo inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlarini taʼminlash, erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda demokratik huquqiy davlat qurish bilan bogʼliq oʼzgarishlar bilan muhim ahamiyatga ega.

Bunga qadar 1992 yildan buyon konstititutsiyaga jami 16 marta oʼzgartish kiritilgan edi. Bu safar esa oʼzgarishlar koʼlami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi. Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umumiy aytganda, konstitutsiya 65 foizga yangilangan.

Bu borada Konstitutsiyamizda inson yanada qadrlandi. Inson bilan bogʼliq barcha ijtimoiy munosabatlar yanada mustahkamlandi, ijtimoiy davlat tamoyiliga oid normalar kiritildi. Xususan, sifatli taʼlim va tibbiy xizmat, fuqarolarimizning ijtimoiy ehtiyojmand qatlamini qoʼllab-quvvatlash, munosib mehnat sharoiti va adolatli ish haqi tizimini yaratish, ishsizlikdan himoyalanish, uy-joyga ega boʼlishga qaratilgan qoidalarni yanada takomillashtirilishi bilan bogʼliqdir.

Qomusimizning 20-moddasi tarkibidan Inson bilan davlat organlarining oʼzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi oʼrin olgan boʼlib, bu esa insonlar manfaatiga katta ijobiy oʼzgarishlarni oʼz ichiga oladi.

Yangi taxrirdagi Konstitutsiyada uning toʼgʼridan toʼgʼri amal qilishi belgilangan. Bu esa, fuqarolarga nafaqat qonunlar, balki bevosita konstitutsiyadagi normalarga ham asoslangan holda ish olib borishga, xususan sudga murojaat qilishga imkon beradi.

Undan tashqari, Qomusimizda, bir qancha siyosiy jarayonlarda oʼzgarishlar haqida ham normalar kiritilgan boʼlib, Konstitutsiya – har bir fuqaroga nafaqat oʼz huquqlarini bilishda, qolaversa, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, konstitutsiyaviy bilimlarini oshirishda ham dasturul amal boʼlib xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email