08.12.2023y. Joriy yilning 7-dekabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodimlar o‘rtasida tashkil etilgan “8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-yilligi”ga bag‘ishlab shaxmat musobaqasi o‘tqizildi. Ushbu musobaqada jami 10 nafar aeroport xodimlari ishtirok etdi. Musobaqa juda qizg‘in va kurashlarga boy o‘tdi. Shaxmat musobaqasi yakunida barcha ishtirokchilar aeroport kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan sovg‘alar  bilan taqdirlandilar. Shundan so‘ng barcha ishtirokchilar tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib, yuqori kayfiyatda tadbirni nihoyasiga yetkazishdi.

Print Friendly, PDF & Email