«I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» MCHJ kasaba uyushma qo’mitasi «Eng yaxshi boshlang’ich tashkilot» ko’rik-tanlovi aviatsiya tizimida  birinchi o’rinni egallab, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bosqichiga chiqqan va ish hujjatlari Federatsiya apparatiga taqdim etilgan edi. Og’ir pandemiya sharoitida ham o’z xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashib, kasaba uyushmalari faoliyatidagi munosib mehnatlari uchun «I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» MCHJ kasaba uyushma qo’mitasi mazkur ko’rik-tanlovda 33 000 mingdan ortiq boshlang’ich tashkilotlar orasida faxrli 3-o’rinni egalladi. 

          Kasaba uyushmalari kuniga bir yil to’lishi arafasida g’oliblar munosib taqdirlandi. Qimmatbaxo sovg’alar va diplom ularni o’z mehnatini mevasi sifatida quvontirgan va kelgusidagi ko’rik-tanlovlarda 1-o’rinni egallashga bo’lgan ishonchni qalblariga jo qilgan bo’lsa ne ajab.

          «I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» MCHJ kasaba uyushma qo’mitasi jamoasini kasbiy muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar, mehnatkashlarni qo’llab -quvvatlashdagi fidokorona mehnatlarida yuqori marralar va ijobiy samaralarni tilab qolamiz. 

Print Friendly, PDF & Email