O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan joriy yilning 6-dekabr kuni “Buxoro xalqaro aeroporti” MChJ  majlislar zalida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”, hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon”  mavzuilarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o ‘tkazildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyat bo‘limi vakili ishtirok etib, tadbir qatnashchilariga bosh Qonunning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati hamda Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unda katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchi haqida chuqur tushunchalar berib o‘tdi.

Print Friendly, PDF & Email