19.03.2024. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 137-son farmoyishiga muvofiq yurtimiz boʻylab barcha hududlarda, shu jumladan muassasa va tashkilotlarda 16-18 mart kunlari “Umumxalq xayriya hashari” o‘tkazilmoqda.

Z.M.Bobur nomidagi «Andijon xalqaro aeroporti» MCHJ kasaba uyushma a’zolari «Obod va fayzli mahalla-yurt ko’rki!» shiori ostida 16-mart kuni hayriya hasharini davom ettirdilar. Hasharda aeroport hududida tozalash, daraxt va butalarni parvarishlash, hududda mavjud bo’lgan issiqxonaga ko’chatlar ham ekildi.

Umumxalq xayriya hashari doirasida 17-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Gidrometeorologiya markazi hamda tizimdagi tashkilotlarda bino tashqarisini tozalash ishlari olib borildi va yashil makon doirasida ko‘chat ekish ishlari ham tashkil etildi.

Joriy yilning 17 mart kuni “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati xodimlari Burchimulla o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari bilan hamkorlikda Burchimulla tog‘ yon bag‘ridagi jamiyatga tegishli yer maydonida bodomzor barpo etish uchun bodom ko‘chatlari o‘tkazildi.  O‘rmon xo‘jaligi bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, belgilangan maydonga umumiy hisobda 3 ming tup ko‘chat ekiladi. Yangi bog‘dagi daraxtlarni parvarish qilish rejasi ham ishlab chiqilmoqda.

 “Namangan xalqaro aeroporti” MChJda ham “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish  xayriya hashari bo’lib o’tdi. Unda aeroport hududi va unga tutash maydonlar hamda ko‘chalarni tozalash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirildi. Shuningdek, gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlarni ekish, daraxtlarni butalash hamda oqlash ishlari bajarilmoqda. Aeroport yoshlari ham bugungi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hasharida faol va ko‘tarinki ruxda ishtirok etdilar.

Print Friendly, PDF & Email