Aviatsiya xodimlari kasaba uyushma tizmidagi korxona va tashkilotlarda butun Respublika bo’ylab 18 noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosib nishonlandi.
Bayram munosabati bilan “Termiz xalqaro aeroporti” MCHJda #bayrogʻim_gʻururim, Navoiy xalqaro aeroporti» MCHJ va “Andijon xalqaro aeroporti” MCHJ hodimlari ishtirokida «Muqaddasdir Vatan bayrogʻi» shiori ostida chellenjlar oʻtkazildi.
Nukus xalqaro aeroporti MCHJ kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan bayram munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda davlat madhiyasi sadolari ostida davlat bayrog’iga munosib hurmat ko’rsatildi. Aeroport direktori millatimiz g’ururi bo’lgan bayrog’imizni munosib ta’riflab, barchani bayram bilan qutladi.