«1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan «Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroporti» MCHJ kasaba uyushmasi tomonidan “Wendy’s” Amerika xalqaro fastfud restoranlar tarmogʻida bayram tadbiri va tushlik tashkillashtirildi. Ushbu tarmoqda tushlik tashkillashtirilganligi sababli kafe tomonidan “Navruz mall” ko’ngilochar savdo markazida joylashgan bolalar o‘yin maydoniga chegirmalar taqdim qilindi. Bu yilgi tashkillashtirilgan bayram dasturidan xodimlar va ularning farzandlari juda xursand bo’ldilar. Jamoa axilligi sababli kasaba uyushma qo‘mitasi raisi hizmat safarida bo’lishiga qaramay kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari rejalashtirilgan tadbirni a’lo darajada o’tkazib oldilar.

Print Friendly, PDF & Email