9-may kuni Toshkent xalqaro aeroporti hududida joylashgan xotira maydonida «Xotira va qadrlash kuni»ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda “Uzbekistan Airports”, “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasi, “Toshkent xalqaro aeroporti»MCHJ, O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, “O‘zaeronavigasiya” markazi, Toshkent shahar aviatsiya va transport prokuraturasi vakillari, shuningdek, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi faxriylari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari uchun namoyish etilgan videoda ular aviatsiya qahramonlari – urush qatnashchilari va Ikkinchi Jahon urushi front orti ishchilarining ismlarini yod oldilar. Mamlakat aviatsiya sohasi vakillari Xotira yodgorligi poyiga gul qo‘yib, qahramonlar xotirasini bir daqiqalik sukut bilan yodga oldilar.