21 oktyabr kuni «UAT» MChJ kasaba uyushma qo’mitasi korxonaning Madaniyat markazi ma’naviyat va ma’rifat xonasida korxona mehnatkashlari o`rtasida o’zbek tili bayrami kuniga bag’ishlangan davra suhbati o’tkazdi. O’zbekiston xalqining milliy mustaqilligiga erishishi, o’zbek tili maqomini yuksaltirish va takomillashtirishni ta’minlabgina qolmay, balki, O’zbekiston Respublikasi hududida yashovchi barcha millat va elatlarning tillariga yuksak hurmat va munosabatni shakllantirdi. Tilni asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazish millat taraqqiyoti va uning kelajagini belgilaydi, chunki faqat tilgina xalqning urf-odatlari, an’analari, madaniyatini birlashtiradi, tarbiyalaydi, avloddan-avlodga meros qilib qoldiradi.
«UAT» MChJ kasaba uyushma qo’mitasida 21 oktabr – O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan davra suhbati o`tkazildi