28.05.2024. Joriy yilning 24-26-may  kunlari “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga Islom Karimov nomidagi Toshkent  xalqaro aeroporti kasaba uyushm qo‘mitasining tadbirlar rejasiga muvofiq tashkil etilgan “Oilaviy Spartakiada” musobaqasining navbatdagi bellashuvi “Ota+ona+bola  – sog‘lom oila” shiori ostida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon qishlog‘ida joylashgan “Shafran Resort” dam olish maskanida bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada jami 30 nafar Islom Karimov nomidagi Toshkent  xalqaro aeroporti oilaviy jamoalari ishtirok etdi. Oilaviy spartakiada ishtirokchilari turli xil sport turlari bo‘yicha bahs olib bordilar. Musobaqa juda qizg‘in va kurashlarga boy o‘tdi. Oilaviy spartakiada yakunida barcha ishtirokchilar «Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email