Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan “Termiz xalqaro aeroporti” MCHJda aeroport kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, yoshlar yetakchisi va ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha mas’ul xodim tashabbusi bilan yoshlar ishtirokida yugurish marafoni oʻtkazildi. Marafonda barcha yoshlar faol ishtirok etishdi. G’oliblarga esdalik sovg`alari va diplomlar topshirildi. Barcha qatnashchilarga minnatdorchilik bildirilib, davlatimiz ramzi, xalqimiz g’ururi bo’lmish bayrog’imiz bilan esdalik uchun suratga tushib olishdi.
Niyat qilamiz-ki, yurtimiz bayrog’i doimo yuqorida qalbimizni g’urur-iftixorga to’ldirib, hilpirab turaversin!