Ayol bahorga qiyoslanadi. Goʻzallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalari bilan uygʻunlashib ketadi. Har yili 8-mart — Xotin-qizlar bayrami goʻzal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Termiz xalqaro aeroportining madaniy tadbirlar uyida aeroport Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul xodim va Yoshlar ittifoqi yetakchisi tomonidan muhtarama onajonlar, aziz opa-singillar bayrami munosabati bilan aeroportda faoliyat olib borayotgan ayol – qizlar uchun madaniy bayram tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda Termiz xalqaro aeroporti direktori Sh.Kabilov va direktorning ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari D.Hikmatov aeroport ayollarini go‘zallik va nafosat bayrami bilan tabriklashdi. Tadbirda aeroport yoshlari tomonidan tayyorlangan hajviy sahnalar va videoroliklar namoyish etildi.
Termiz xalqaro aeroportida «Ayol borki, olam munavvar!» shiori ostida madaniy tadbir bo’lib o’tdi