Termiz xalqaro aeroportida anʼanaga koʻra Navroʻz bayrami arafasida aviaxodimlar oʻrtasida sport musobaqalari oʻtkazildi. Musobaqalar homiysi aeroport kasaba qoʻmitasi boʻlib, erkaklar mini futbol, shaxmat o`yinlarida, ayollar esa arqon sakrash va shashka oʻyinlarida bellashdilar.
Mini futbol boʻyicha 8 jamoa bellashib, Yerdagi inshoatlardan foydalanish va muhandislik kommunikatsiyalari boʻlimi jamoasi 3-oʻrin, Aviatsiya xavfsizligi xizmati jamoasi 2-oʻrin va Parvozlarni qidirish-avariya qutqarish xizmati jamoasi faxrli birinchi oʻrinni egalladilar.
Erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat oʻyinlarida aviatsiya xavfsizligi xizmati vakili Najmiddin Karimov birinchi oʻrinni egalladi, ikkinchi oʻrinni parvozlarni qidirish-avariya qutqarish taʼminoti xizmati vakili Akram Bekpulatov, uchinchi oʻrinni esa yerdagi inshootlardan foydalanish va muhandislik kommunikatsiyalari boʻlimi vakili Botirxon Abdullayevlar egallashdi.
Ayollar oʻrtasida arqonda sakrash musobaqasida uchinchi va ikkinchi oʻrinni Xoʻjalik boʻlimi qizlari Mavluda Charshayeva va Lorbar Normurodova egallashdi, birinchi oʻrinni Aviatsiya xavfsizligi xizmati nazoratchisi Nilufar Alimova egalladi.
Ayollar oʻrtasida shashka oʻyinlarida uchinchi oʻrin Kadrlar bilan ishlash boʻlimi texnigi Shaxlo Xushvaktova, ikkinchi oʻrin Direktor kotibasi Umida Rismatova va birinchi oʻrin Xoʻjalik boʻlimi farroshi Lobar Normurodovalarga nasib etdi.
Barcha gʻoliblar kasaba qoʻmitasi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.