“Qarshi xalqaro aeroporti” MCHJda 11 noyabr – Oʼzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʼlib oʼtdi.

Unda soʼz olganlar soʼnggi yillarda tizimga qaratilayotgan eʼtibor natijasida kasaba uyushmalari jamiyatimizning muhim bir boʼlagiga aylanganini taʼkidladilar. Аeroportdagi kasaba uyushma boshlangʼich tashkiloti tomonidan ishchi-xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy muhofaza qilish, tibbiy-huquqiy yordam koʼrsatish va qoʼllab-quvvatlashdek maqsadlarni koʼzlagan bir qator ishlar amalga oshirilgani eʼtirof etildi.

Tadbirda kasaba uyushmalari faoliyatini rivojlantirishda faollik koʼrsatgan bir guruh ishchi-xodimlarga esdalik sovgʼalari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email