Joriy yilning 18 mart sanasida «O’zaeronavigatsiya» markazida mehnat jamoasi hamda kasaba uyushma qo’mitasi yig’ilishi (konferensiyasi) bo’lib o’tdi. Hududiy bo’linmalar onlayn tarzda ZOOM dasturi orqali ulandi. Shuningdek, yig’ilishda markaz mehnat jamoasi, rahbariyati, kasaba uyushma vakillari hamda Aviatsiya hodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Sh.Z. Mingaliyev, RK hodimi A.A. Yuldashevlar ishtirok etishdi. Yig’ilishni markaz kasaba uyushma qo’mitasi raisi kirish so’zi bilan ochib berdi. Kun tartibidagi masalalarni e’lon qilgandan so’ng, so’zni markaz rahbari Djumayev Doniyor Ibragimovichga berdi. Yig’ilish qatnashchilarini Navro’z bayrami munosabati bilan tabriklagan markaz rahbari kasaba uyushma qo’mitasi va markaz ma’muriyati bilan hamkorlikda sifatli va samarali ishlar olib borilayotganini ta’kidladi. Og’ir pandemiya paytida ham markazning faoliyatida pasayishlar kuzatilmaganligi, hodimlar qisqartirishga tushmaganligini eslab o’tdi. Ma’muriyat hisoboti tinglandi. Markazning kelgusi faoliyatida ham kasaba uyushmasi bilan hamjihatlikda samarali ishlash lozimligini ta’kidlab o’tdi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan kasaba uyushma qo’mitasi raisi, taftish komissiyasi hisobotlari tinglandi, jamoa shartnomasi ijrosi bo’yicha qilingan ishlar yig’ilish ishtirokchilari bilan muhokama qilindi. 2022 yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasi tasdiqlash uchun muhokamaga qo’yildi. Kun tartibidagi masalalar ko’rib chiqilganidan so’ng, so’z Aviatsiya hodimlari kasaba uyushmasi RK raisi Sh.Z. Mingaliyevga berildi. Yig’ilish natijalari bo’yicha fikr-mulohazalarini bildirgan Sh.Z. Mingaliyev mehnat jamoasi va kasaba uyushma qo’mitasi yig’ilishi (konferensiyasi) belgilangan normalarga muvofiq tarzda va o’rnatilgan tartibda o’tkazilganini ta’kidladi. Yig’ilish ishtirokchilari ham buni bir ovozdan tasdiqlashdi.
O’zaeronavigatsiya» markazida mehnat jamoasi hamda kasaba uyushma qo’mitasi yig’ilishi (konferensiyasi) bo’lib o’tdi