Joriy yilning 19 may sanasida «O`quv-mashq markazi»ning majlislar zalida Oʼzbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining navbatdagi V majlisi o`tkazildi.
Majlisda Respublika Kengashi a`zolari, taftish komissiyasi a`zolari, va apparat hodimlari ishtirok etishdi. Taklif etilganlardan xamkor tashkilotlar rahbar-hodimlari O`zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o`rinbosari – Y.Z.Fayzullayev, «O`zgidromet» Agentligi bosh direktori o`rinbosari – F.A.Safarov, «Uzaviatsiya» Agentligi direktori o`rinbosari – O.N.Lim, «Uzbekistan Airports» AJ bo`lim boshlig`i – A.S.Narmatov, «Uzbekistan Airways» AJ bo`lim boshlig`i – N.O.Mirzaaxmedovalar ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi 1 masalada Oʼzbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2022 yil 1 iyuldan 2023 yil 19 may sanasigacha boʼlgan faoliyati bo`yicha Respublika Kengashi raisi U.Nazirovning axboroti tinglandi. Axborot yuzasidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
So`ngra, kun tartibidagi 2 masala yuzasidan Oʼzbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmasi byudjetining 2022 yilgi ijrosi va 2023 yil uchun smetasini ma`qullash to`g`risida bo`lib, Respublika Kengashi bosh hisobchisi N.Ablayeva axboroti tinglandi va tahlil qilindi. 2023 yil uchun budjet smetasi ma`qullandi.
Taftish komissiyasining 2022 yil bo`yicha axboroti o`qib eshittirilgandan so`ng, boshlang`ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari o`zlarini qiziqtirgan savollarini berib, bahs-munozaralarga kirishildi.
Respublika kengashi a`zolari barcha masalalarni ovoz berish jarayonida yakdillik bilan ma`qullashdi. Aviaxodimlar kasaba uyushmasi faoliyati bir ovozdan ma`qullandi.
Kun tartibidagi so`nggi masalada Respublika Kengashi Ijroiya Qo`mitasi va Respublika Kengashi a`zolari tarkibiga kasaba uyushmalariga jalb qilingan yangi tashkilotlar raislari saylandi.