2022-yil 25-mart kuni soat 15:00 da Toshkent xalqaro aeroporti 2 terminali 3-qavatida joylashgan majlislar xonasida «Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MCHJ mehnat jamoasi hamda kasaba uyushma qo’mitasi konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiya davomida hisobotlar tinglandi, ushbu yilda amalga oshiriladigan ishlar muhokamaga qo’yildi. Mehnat jamoasi kelishuviga o’zgartirishlar kiritildi hamda 2022-yil uchun mehnat muxofazasi bo`yicha bitim ma’qullandi.Yig’ilish davomida ishchi xodimlar tomonidan turli savol va takliflar ko’rib chiqildi. Konferensiya yakunlariga ko’ra, yig’ilish ishtirokchilari tomonidan kasaba uyushma qo’mitasi faoliyati qoniqarli deb baholandi.
Navbatdagi konferensiya Toshkent xalqaro aeroportida o’tkazildi.