Namangan xalqaro aeroporti ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan aeroport hududida faoliyat olib boruvchi harbiy qism xodimlarini qutlash uchun tadbir tashkil etildi. Tadbirni aeroport direktori Q.Аbdunazarov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Vatan himoyachilarini mehnatlarini e’tirof etib, vatanimiz tinchligi yo’lida olib borayotgan mashaqqatli mehnatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi va minnatdorchilik bildirdi. So‘ngra aeroport kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi B.Abdullayev tomonidan tayyorlab qo‘yilgan esdalik sovg’alari ilg’or harbiy xizmatchilarga taqdim etildi.
Namangan xalqaro aeroportida “Vatan himoyachilari kuni”ga bag’ishlangan tadbir o‘tkazildi